Tanlovlar

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Belarus Respublikasida aspiranturada o‘qish uchun tanlov e’lon qiladi!

Belarus Respublikasining oliy taʼlim muassasalarida aspiranturada taʼlim olish uchun oʻtkaziladigan tanlovda qatnashish istagi boʻlgan talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- ishtirokchi mahalliy yoki xorijiy oliy taʼlim muassasasida magistr darajasini olgan boʻlishi;

- rus tilini mukammal bilishi;

- 40 yoshdan oshmagan boʻlishi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  1. Shaxsiy maʼlumotnoma (Obyektivka).
  2. Oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot instituti muhri bilan tasdiqlangan bakalavr va magistr diplomi va ilovalari nusxalari.
  3. Oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot instituti ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan ilmiy ishlar roʻyxati va nusxalari.
  4. Belarus Respublikasida oʻqish uchun tanlangan oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi hamda taʼlim yoʻnalishi koʻrsatilishi kerak. Tanlangan oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi Belarus Respublikasida yuqori reytingga ega boʻlishi lozim.

Tanlov hujjatlari joriy yilning 11 martidan 20 martiga qadar shanba va yakshanbadan tashqari har kuni soat 9:00dan 17:00gacha vazirlik binosida qabul qilinadi. (Masʼul xodimlar: Shofayziyev Akmal, Xolov Nabijon +998 (71) 203-32-23 (ichki raqam: 221).

Tanlovga kelib tushgan hujjatlar vazirlik maxsus komissiyasi tomonidan oʻrganiladi va ishtirokchilar bilan suhbat oʻtkaziladi.

Zarur holatlarda qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Elektron manzil: n.xolov@mininnovation.uz