Tanlovlar

Oʻzbekiston – Rossiya startap loyihalari tanlovi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi bilan birgalikda “Oʻzbekiston – Rossiya Federatsiyasi” startap loyihalari tanlovini e’lon qiladi.

Hamkorlikda amalga oshiriladigan startap loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi oʻrtasida imzolangan Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar Rossiya Federatsiyasining tadbirkorlik sub’ektlari bilan loyihani amalga oshirish uchun “loyiha sheriklari” sifatida birgalikda amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuvga ega boʻlishlari kerak.

Bir tomonlama toʻldirilgan loyihalar boʻyicha arizalar qabul qilinmaydi. U yoki bu tomonning ekspertizasi natijalariga koʻra moliyalashtirishga tavsiya etilmagan loyihalar tanlovdan chiqariladi.

Tanlov innovatsiyalarning barcha yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladi.

Arizalarni qabul qilish muddati: 2021 yil 5 avgustga qadar davom etadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi har bir loyiha uchun 2 yil davomida 1 milliard soʻmdan oshmaydigan miqdordagi mablagʻlarni taqdim etadi. Loyihaning davomiyligi 24 oydan oshmasligi kerak.

Tanlov va ariza shakli haqida toʻliq ma’lumotlarni havola orqali yulab olishingiz mumkin. Hujjatlarning elektron nusxalari quyidagi elektron manzil orqali qabul qilinadi: startup.uz.ru@gmail.com

Talabnoma shakli rus tilida toʻldirilishi va belgilangan muddatdan kechiktirmay yuborilishi lozim. Savollar bilan quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin:

(71) 227 4317; (71) 203-32-23 (232)

Tanlov natijalari Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.