Byudjet

“2021 yil uchun Davlat byudjeti to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratilgan byudjet mablag’lari haqida ma’lumot

Innovatsion rivojlanish vazirligiga 2021 yilda O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan mablag’larning cheklangan miqdorlari 748,4 mlrd. so’m belgilangan.

Shu jumladan:

Davlat ilmiy-texnik va innovatsion siyosatining ustuvor yo’nalishlarini belgilash hamda grant asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini moliyalashtirishga 514,2 mlrd. so’m;

OTM yoki ITMda tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim xarajatlariga 67,6 mlrd. so’m;

Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo’shimcha haq to’lash bilan bog’liq xarajatlarga 50,0 mlrd. so’m;

Ilmiy-texnikaviy loyihalar, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ekspertizasini amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlarga 1,5 mlrd. so’m;

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g’oyalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’lari 100,0 mlrd. so’m;

ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo’yilmalar 4,0 mlrd. so’m hamda joriy xarajatlarga 11,1 mlrd. so’m.

  1. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari bo’yicha fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga ajratilgan mablag’lar to’g’risida.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari
va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi bo’yicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag’larning taqsimlanishi quyidagicha belgilanmoqda:

Jumladan, 2021 yil 1 yanvardan moliyalashtiriladigan ilmiy
va innovatsion loyihalarga 139,1 mlrd. so’m, fundamental tadqiqotlar tanloviga ko’ra moliyalashtiriladigan uchun 77,0 mlrd. so’m, dolzarb mavzular bo’yicha muntazam ravishda e’lon qilinayotgan tanlovga ko’ra amaliy va innovatsion loyihalar uchun 134,9 mlrd. so’m, pandemiya davrida tibbiyot fanlari bo’yicha tadqiqotlarni jadallashtirish uchun 30,0 mlrd. so’m, ilmiy-tadqiqot loyihalarini tijoratlashtirish xarajatlari uchun 29,2 mlrd. so’m, yoshlarning innovatsion va startap loyihalarini moliyalashtirishga 50,0 mlrd. so’m hamda maqsadli loyihalarga ajratiladigan mablag’lar 54,0 mlrd. so’m.

Bugungi kunda (14.01.2020y. holatiga) ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida vazirlikning tegishli Hay’at qarorlariga hamda buyruqlariga asosan yillik moliyalashtirish hajmi 139,1 mlrd. so’mlik 229 ta loyihalar moliyalashtirilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, ilg’or xorijiy tajribalar asosida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi mexanizmi joriy etilgan bo’lib. yakuniy mahsulot va moliyalashtirish hajmi aniq bo’lgan tematik loyihalarga davlat buyurtmasi muntazam ravishda e’lon qilinmoqda. Hozirda umumiy qiymati 491,6 mlrd. so’mlik amaliy
va innovatsion loyihalar
portfeli bo’yicha talab ko’rib chiqilmoqda. Shuningdek, umumiy qiymati 533,0 mlrd. so’mlik 479 ta fundamental loyihalar olimlar tomonidan moliyalashtirish uchun taqdim etilgan.

  1. Doktorantura va ilmiy daraja uchun ustama haqlariga ajratilgan byudjet mablag’lari to’g’risida.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga muvofiq Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tayanch doktorantura va doktoranturaga o’qishga qabul qilish bo’yicha tasdiqlangan kvotalarini hisobga olgan holda tayyorlangan xarajatlar smetasiga muvofiq joriy yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlar parametrlarida belgilangan tartibda OTM uchun «Ta’lim» sohasi bo’yicha va ITM uchun 67,6 mlrd. so’m miqdorida mablag’lar ajratilgan.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son qaroriga muvofiq ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi xodimlarning lavozim maoshiga falsafa doktori ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun lavozim maoshining 30 %gacha  hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun lavozim maoshining 60 %gacha qo’shimcha haq to’lashga 50,0 mlrd. so’m miqdorida mablag’lar ajratilgan.

  1. Ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo’yilmalar to’g’risida:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
25 oktyabrdagi 865-son qaroriga muvofiq Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan Xalqaro molekulyar allergologiya markazi ma’muriy binosinining qurilishi uchun 4,0 mlrd. so’m miqdoridagi mablag’ ajratilgan.

Bundan tashqari, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g’oyalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’lari hisobidan joriy yilda:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil
22 maydagi 313-son qaroriga muvofiq Qoraqalpoq, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida Yoshlar texnoparklarini qurish va jihozlashga
25,2 mlrd. so’m;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil
19 noyabrdagi 497-F-son Farmoniga muvofiq Olmazor tumanidagi innovatsion o’quv-ilmiy markaz binosini qurilishi ishlari uchun
45,0 mlrd. so’m mablag’ ajratilishi rejalashtirilgan.