Dolzarb xabarlar

Qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiya tizimiga texnik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar diqqatiga!

Byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bino-inshootlarida qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiya tizimiga texnik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotni aniqlash boʻyicha Eng yaxshi takliflarni tanlash asosida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotni aniqlash yuzasidan eʼlon.

Eng yaxshi takliflarni tanlashni oʻtkazish tartibi - bir bosqichli.

Buyurtmachi - Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

Manzili: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi 7 uy.

Eng yaxshi takliflarni tanlashni tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul shaxs – bosh mutaxassis M.Muhiddinov.

Telefon: 71-203-32-23, +99890-352-99-92

Xizmatlarning maksimal umumiy narxi – 120 000 000,0 soʻm.

Xizmat koʻrsatish muddati (120 kun) – 2021-yil 31-dekabrga qadar.

Batafsil maʼlumotni www.dxarid.uzex.uz muaxsus axborot portali orqali olishingiz mumkin.

Maxsus axborot portalida eʼlon qilingan lot raqami 7146642

Eʼlon boʻyicha takliflarni qabul qilishning oxirgi muddati 2021-yil 16-sentyabr soat 13:00 gacha.