Dolzarb xabarlar

Ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish bo’yicha onlayn elektron platforma ishga tushirildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish bo’yicha onlayn elektron platforma ishga tushirilganligini ma’lum  qiladi.

O’zbekiston Respublikasi hududida 2020 yil 24 martdan boshlab koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgani munosabati bilan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash talablari doirasida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari xodimlarini qabul qilish hamda ularga davlat va boshqa xizmatlarni ko’rsatishni onlayn rejimga o’tkazish maqsadida ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish bo’yicha onlayn elektron platforma ishga tushirildi.

Onlayn elektron platformani Innovatsion rivojlanish vazirligining www.mininnovation.uz veb-saytidagi “Tanlovlar” ruknining “Mavzu yuborish” interaktiv xizmati yoki ushbu havola orqali ishga tushirish mumkin.