Dolzarb xabarlar

Mirzo Ulugʻbek maktabiga qabul davom etmoqda!

Mirzo Ulugʻbek nomidagi astronomiya, fizika, matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatiga 2019-2020 oʻquv yili uchun oʻquvchilarni qabul qilish davom etyapti

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatiga oʻquvchilarni qabul qilish yuzasidan 2019-2020 oʻquv yili uchun tanlov eʼlon qiladi.

Maktab-internatga Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlaridan 7,9,10-sinflariga oʻquvchilar qabul qilinadi. Taʼlim oʻzbek va rus tillarida olib boriladi.


Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar quyidagi havola orqali onlayn-roʻyxatdan oʻtishlari mumkin: reg.mininnovation.uz. Shuningdek, talabgorlarning hujjatlari Toshkent shahar Yunusobod tumani, Bodomzor yoʻli, Astronomiya koʻchasi, 33-uyda joylashgan maktab-internat binosida qabul qilinadi.


Hujjatlar joriy yilning 1-avgustiga qadar qabul qilinadi.


Tanlov 2019-yil 5-15-avgust kunlari oraligʻidafizika, matematika va ingliz tili fanlaridan test sinovlari shaklida oʻtkaziladi.


Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

- tugʻilganlik haqida guvohnoma;

- 086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;

- maktabda oʻqishi haqida maʼlumotnoma;

- fotosurat 6 dona (3,5x4,5 sm).


Onlayn tarzda topshiriladigan barcha hujjatlarning skaner qilingan variantlari rangli tasvirda boʻlishi va fayl hajmi 5 Mb dan katta boʻlmasligi lozim.


Qoʻshimcha maʼlumotlar: +998-98-124-77-20, +998-99-840-77-21