Vazirlik faoliyati

Taʼlim tizimini rivojlantirish boʻlimining sohadagi tashabbuslari va yutuqlari

 

1. Oʻzbekiston Respublikasida birinchi marotaba tashkil etilgan “Ijtimoiy sohadagi innovatsiyalar – jamiyat rivojining muhim oʻrni” nomli xalqaro forumda Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari oʻz maʼruzasi bilan qatnashdi.

2. Boʻlim tomonidan “Fan” toʻgʻrisidagi va “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisidagi” Qonun loyihalari ishlab chiqildi va belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Shundan soʻng “Fan toʻgʻrisidagi” Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 1-oʻqishda muhokamadan oʻtdi. “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisidagi” Qonun loyihasi ustida muhokama jarayoni davom etmoqda.

3. Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida QR book innovatsion kutubxona loyihasi ishlab chiqildi. Hozirda 50 dona kitobning QR book shakli, 50 ta QR book ilovasi va QR book mobil dasturi yaratildi. Ushbu QR book innovatsion kutubxona loyihasining amalga oshirilishi natijasida QR kod orqali kitoblarni internet resurslaridan tez va oson topish imkoniyati paydo boʻladi va darsliklarni internet resurslariga bogʻlash, oʻquvchilarni yangiliklardan matn, audio, video shakllarida xabardor qilish, nashrlarga sarflanayotgan mablagʻlarni tejash, ularni elektron resurslar bilan boyitish imkoniyatini yaratadi.

Loyiha afzalliklari:

  • taʼlim muassasalarida kitoblar va oʻquv qoʻllanmalarning yetishmovchiligini oldini oladi;
  • talaba va oʻquvchilar laboratoriya ishlari jarayonini videorolik orqali ham koʻrish imkoniga ega boʻladi;
  • kerakli badiiy adabiyotlarning barchasi bir platformada joylashtiriladi.

Oʻquvchi oʻz smartfoni orqali QR code reader ilovasini yuklab olib mavjud kodlarni kitob QR kodini maxsus ilovasi yordamida oʻqitadi va kitobni onlayn ravishda oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi.

4. Vending book shop loyihasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi rejalashtirilgan. Hozirda respublika hududida 30 ta shahar hamda 170 ta tuman mavjudligini inobatga olib, umumiy hisobda 200 ta Vending book shop oʻrnatilishi moʻljallangan. Har bir kitob doʻkoni faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyilishi uchun, 100 mln. soʻm (11 ming 834 AQSH dollari)200 ta doʻkon uchun umumiy hisobda 20 mlrd. soʻm (2 million 366 ming 863 AQSH dollari) miqdorida mablagʻ sarflanadi. Natijada Vending book shop loyihasi asosida sotuvchisiz kitob doʻkonida kitoblarni, gazeta va jurnallarni joylashtirish imkoniyati mavjud boʻladi. Chet el davlatlaridagi kitob doʻkonlari farqli ravishda respublikamizda tashkil etiladigan kitob doʻkonida tayyor kitob bilan uning elektron va audio kabi koʻrinishlarini ham harid qilib olish mumkin boʻladi. Har bir inson tunu-kun, istalgan turdagi toʻlov orqali kitob sotib olish imkoniyatiga ega boʻladi.

5. Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlarning ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi - innovatsion pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda biologiya va kimyo fanlari hamda xorijiy tillarning chuqur oʻqitilishi tashkil etildi. Har bir oʻquvchining individual hususiyatlarini hisobga olgan holda ularda ilmiy tadqiqotchilik faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.