Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish vaziri Estoniyaning Iqtisodiyot va kommunikatsiyalar vazirini qabul qildi

 

31-may kuni Innovatsion rivojlanish vazirligiga Estoniyaning Iqtisodiyot va kommunikatsiyalar vaziri Taavi Aas boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Estoniyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Arti Xilpus , Estoniya TIV sohasini rivojlantirish sohasida tashqi iqtisodiy aloqalar va hamkorlik departamenti bosh direktori Yuri Seylental ham delegatsiya aʼzolari sifatida muzokaralarda ishtirok etdilar.

Estoniya delegatsiya bilan Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, vazir oʻrinbosari Oybek Norinboyev, vazirning oliy martabali maslahatchisi Karsten Xayns va vazirlikning boshqa mutaxassislaridan iborat ishchi guruh muloqot qildi.

Uchrashuv davomida Estoning innovatsion sohadagi tajribasini oʻrganish masalalari muhokama qilindi. Xususan, yosh olimlar va mutaxassislarni eston kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlarida stajirovkadan oʻtish masalalari oʻrtaga tashlandi. Estoniya Elektron hukumat akademiyasida oʻquv stajirovkalarni tashkil etish bu boradagi birinchi amaliy qadam boʻlishi mumkinligi aytib oʻtildi.

Bundan tashqari, oktyabr oyida innovatsion va investitsion hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Estoniyada Oʻzbekiston kunlarini oʻtkazish taklifi berildi.

Uchrashuv doʻstona ruhda oʻtdi.