Innovatsion rivojlanish vazirligida mehnat migrantlari uchun raqamli texnologiyalar imkoniyatlari muhokama qilindi
Innovatsion rivojlanish vazirligida mehnat migrantlari uchun raqamli texnologiyalar imkoniyatlari muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Davlat boshqaruviga innovatsiyalarni joriy qilish Sektorining innovatsiya laboratoriyasi doirasida Oʻzbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi va Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Mehnat migrantlari uchun davlat xizmatlari sifatini yaxshilashda raqamli texnologiyalar imkoniyatlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Migratsiya ¬¬ham qabul qiluvchi, ham joʻnatuvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatishini eʼtiborga olinsa, mehnat migratsiyasini samarali boshqarish manfaatdor tomonlarga ijobiy natijalarni beradi. Hukumat, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari migratsiyani boshqarish va ishchi/xizmatchilarni xavf-xatarlardan asrashda muhim oʻrin egallaydi. Bunda mamlakatdan chiquvchi, kirib keluvchi va deportatsiya qilinayotgan shaxslar uchun davlat xizmatlari sifatini yaxshilash juda muhim.

Davra suhbatida vatanidan yiroqda mehnat qilayotgan fuqarolarning muammolarini hal qilishda koʻmaklashadigan veb-resurslar, mobil ilovalar va innovatsion elektron xizmatlar tashkil qilish masalasi koʻrib chiqildi. Elektron xizmatlar roʻyxatiga migrantlar uchun yuridik xizmatlar va maslahatlar, internet orqali turli hujjatlarni rasmiylashtirish, maʼlumotnoma va boshqa axborotni olish imkoniyati kiradi.

Mazkur tadbirdan kutilayogan natijalar – fuqarolarning yashash joyidan qatʼi nazar davlat xizmatlaridan foydalanishda duch keladigan muammolarni aniqlash yoʻli bilan mavjud davlat xizmatlarini yaxshilash va yangilarini yaratish, elektron xizmatlarni joriy qilish boʻyicha vazirlik va idoralarning texnik imkoniyatlarini baholash.

Davra suhbatida shuningdek “Davlat xizmatlari sohasida innovatsion yechimlarni joriy qilish tajribasi”, “Migrantlarga axborot koʻmagi va amaliy yordam koʻrsatish uchun elektron xizmatlarni joriy qilish va ommalashtirish”, “Interaktiv konsullik xizmatlari” kabi mavzular muhokama qilindi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Matbuot xizmati

  • 17.10.2018

  • |
  • 100

Поделится:

Ob-havo bashorati

Seshanba
11 Dekabr
Hafta davomida
Kalendar

Tadbirlar kalendari

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Ijtimoiy so'rovnoma
Saytni yaxshilash maqsadida yana nimalarni qo'shish kerak?
  • Rasmlar
  • Yangiliklar
  • Ma'lumot
  • Qayta aloqa
  • Interaktiv xizmatlar