Yangiliklar

9 may ­– Xotira va qadrlash kuni

Hurmatli yurtdoshlar!

Barchangizni 9 may ­– Xotira va qadrlash kuni bilan chin dildan qutlayman!

Vatanimiz tinchligi, yurtimiz farovonligi yoʻlida kurashgan ota-boblarimizni yod etarkanmiz, ular bosib oʻtgan ogʻir yoʻllar koʻz oldimizda gavdalanadi. Ularning jasoratli va mashaqqatli hayotlari bizga va farzandlarimizga doimo oʻrnak boʻlib xizmat qiladi. Ayovsiz urushning qonli maydonlarida qurbon boʻlgan ajdodlarimizning ruhi poklariga doimo hurmat bajo keltiramiz.

Ikkinchi jahon butun insoniyatga kulfat keltirdi, xususan bizning xalqimizga ham cheksiz yoʻqotishlar olib keldi. Jang maydonlarida qahramonlik koʻrsatgan, front ortida mardona mehnat qilgan, bizga tinchlik olib kelgan muhtaram faxriylarimizga taʼzim qilamiz. Hozirgi tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorlik bildiramiz.

Bayram munosabati bilan vatan ozodligi uchun kurashgan barchani, ularning farzandlarini, butun yurtimiz ahlini bayram bilan tabriklayman! Mustahkam sogʻlik, koʻtarinki kayfiyat va tinchlik tilayman!


Ibrohim Abdurahmonov

Innovatsion rivojlanish vaziri